35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Bunyodkor MFYda 24 ta tavsiya yuzasidan suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Bunyodkor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda avval berilgan 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida hududni obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1