35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Navbahor MFYda yoshlar masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Sadiqov va Kengash bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Navbahor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonidagi mavjud masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2