35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

“Sog‘lom avlod” MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Raxmatullayeva tomonidan “Sog‘lom avlod” MFY hududida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida alohida e’tibor va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, unga mavjud ijtimoiy xizmatlar, imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish tartibi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaroning murojaat va ehtiyojlari tinglanib, mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2