35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati va mavjud holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, muassasaning moddiy-texnik holati, obodonlashtirish ishlari hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, tashkilot mas’ullari bilan suhbatlashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan fikr va takliflar o‘rganildi.

⚖️ Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 24-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshirildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Sifatli maktabgacha ta’lim — bolalarning kelgusidagi ta’lim-tarbiyasi va barkamol rivojlanishining muhim poydevoridir.

Slide 1 of 4