Mazkur vazifalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 7-Sulton saylov okrugidan saylangan deputat Ne’matjon Sultonov tashabbusi bilan “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida nuroniylarning hayotiy tajribasi, kasb-hunar va tadbirkorlik borasidagi ko‘nikmalaridan foydalanib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, davra suhbatida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda mahallada tinchlik-totuvlik va ahillikni mustahkamlash
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunida mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, oilalar bilan individual ishlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda nuroniylarning imkoniyatlaridan keng foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi