35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

8-BAND IJROSI:BAHOR MFY HUDUDIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 8-bandi — mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holatini yaxshilash hamda ko‘chalarni tunda yoritish masalalari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Tuychiyeva tomonidan Bahor MFY hududidagi ko‘chalar mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

🫦 O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘l qoplamalarining ahvoli, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘chalarni tungi yoritish tizimi ko‘zdan kechirildi.

💡 Shuningdek, aniqlangan muammolar va obodonlashtirish, yo‘llarni yaxshilash hamda tungi yoritish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mahalla mas’ullari bilan fikr almashildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1