35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

**DEPUTAT SO‘ROVI**

DEPUTAT SO‘ROVI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Baymuratova tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi rahbari M. Rustambekov nomiga “Baratlar” mahallasida yashovchi fuqaro Asadbek Raximberganovning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratish masalasida deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovi hududda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.

Deputat N. Baymuratova ushbu masalani aholi murojaatlari va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan o‘rganib, Asadbek Raximberganovning biznes tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan tartibda imtiyozli kredit olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radi.

Bunday tashabbuslar mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish va fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1