35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Oilalar totuvligi — jamiyat farovonligining muhim omili

 🏠 O‘rganishlar davomida turli sabablar tufayli o‘zaro kelishmovchilik bo‘lib o‘tgan ikki oila bilan alohida suhbatlar tashkil etildi. Deputatlar tomonidan oilalar a’zolarining fikr va mulohazalari tinglanib, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganildi. Suhbatlar davomida oila muqaddasligi, farzandlar tarbiyasida, sabr-toqat, kechirimlilik va bir-birini tushunishning ahamiyati haqida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi. 

Deputatlar tomonidan bundan buyon ham mazkur oilalarning holati e’tiborda bo‘lishi, ularning totuvligini mustahkamlash hamda oilaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2