35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Ziyadullayev tomonidan Xovuzak mahallasida joylashgan “Beka-Charos” xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, mavjud imkoniyatlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik subyekti oldida turgan masalalar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3