Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan hududlarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning murojaatlarini eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish davomida hududdagi maishiy chiqindilar anchadan buyon olib ketilmay, to‘planib qolgani aniqlandi. Mazkur holat hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani sababli deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar oldiga muammoni tezkor hal etish masalasi qo‘yildi.
Deputat nazorati natijasida tegishli xizmatlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilib, to‘planib qolgan chiqindilar hududdan olib chiqildi. Shu orqali aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi.