Amirobod mahallasida muammolar tahlil qilindi
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 8-«Amirobod» saylov okrugidan saylangan deputati Mamatova Lola Yo‘ldoshevna ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda Amirobod mahallasiga chiqib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida aholini qiynayotgan masalalar, hududdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan joyida tahlil olib borildi.
🤝 Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.