35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 2-Xamza saylov okrugidan saylangan deputat Baxrоmov Asqar Axrorovich hamda Chinoz tumani investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish sho‘basi bosh mutaxassisi M. Qodirov tomonidan tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, Oydin MFY hududida joylashgan xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Xingfei” MChJ XK faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida korxonada yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud ish o‘rinlari, mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda tayyor mahsulotlarni ichki bozorda realizatsiya qilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 “Xingfei” MChJ XK tomonidan zamonaviy talablarga javob beradigan isitish radiatorlari ishlab chiqarilayotgani, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar bugungi kunda mamlakatimiz ichki bozorlarida sotilayotgani ta’kidlandi.
🔹 Korxonaning faoliyati hudud iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shish bilan birga, mahalliy aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda korxonada 100 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

📌 O‘rganish jarayonida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda kelgusida eksport salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Deputat tomonidan hududga investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Investitsiya — yangi ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari va hudud iqtisodiy taraqqiyoti demakdir!

Slide 1 of 4