35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTATLAR VA KENGASH KOTIBIYATI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
DEPUTATLAR VA KENGASH KOTIBIYATI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

🏛 Belgilangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Hamroyev Jamoliddin Jumaqulovich tomonidan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati xodimlari va deputatlarning faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari hamda ish samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

🔎 Tahlil jarayonida Kengash kotibiyati xodimlari va deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik nazoratini tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyati hamda Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan faoliyati, aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Tahlil yakunlari bo‘yicha Kengash kotibiyati xodimlari va deputatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Samarali deputatlik faoliyati — aholi manfaatlarini ta’minlash va hududdagi muammolarni hal etishning muhim omilidir.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 1