Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Oytug‘di mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim va turli ijtimoiy loyihalarga jalb qilish, shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🔹Mas’ullarga yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.