35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

"Navro‘z" MFYda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan "Navro‘z" MFYda mahalla yettiligi ishtirokida 24 ta tavsiya yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi bilan tavsiyalarda belgilangan ustuvor vazifalar, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Mahallalarda 24 ta tavsiya ijrosini ta'minlash va tizimli ishlarni yanada kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1