35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, tuman Kengashining doimiy komissiyalari hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Allayorova tomonidan “Mikrokreditbank”da hamkorlik ishlari olib borildi.

Tashrif davomida tashkilot faoliyati, aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarni o‘rganish hamda mavjud masalalarni hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2