35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan xokkey sporti o‘rganildi

Xalqlar do‘stligi sport majmuasida o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasining borishi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Navoiy va Farg‘ona viloyatlari jamoalari vakillari hamda musobaqaning bosh kotibi E. Xolmirzayev bilan uchrashilib, musobaqaning tashkiliy ishlari va ishtirokchi jamoalarning tayyorgarligi yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 9 ta jamoa ishtirok etmoqda. Hozirgi kunda jamoaviy bahslar natijalariga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi peshqadamlikni saqlab kelmoqda.

Bunday nufuzli sport musobaqalari sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1