35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Suvonobod mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, umumiy foydalanish joylari hamda xonadonlar atrofining obodonlashtirilishi, tozalik va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni bayramga munosib tarzda yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mustaqillik bayrami oldidan mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3