Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati S.Sopaev tomonidan "Oqtepa" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi parklar, xiyobonlar hamda yashil hududlarning bugungi holati va obodonlashtirish darajasi oʻrganildi.
📝Oʻrganish davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
🔍Obodonlashtirish va ozodalik: Hududdagi daraxtlar va gulxonalarni parvarishlash, chiqindilardan tozalash hamda umumiy tartib-intizom.
✅ Aholiga qulayliklar: Aholining hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, oʻrindiqlar va yoritish tizimlarining sozligi.
🌳Yashil hududlarni kengaytirish: Hududda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va sugʻorish tizimlarini yaxshilash.
Masʼullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda park va xiyobonlarni doimiy ravishda ozoda va tartibli saqlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.