35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kiberxavfsizlik — zamonaviy tahdidlarning oldini olishning muhim omili

Kiberxavfsizlik — zamonaviy tahdidlarning oldini olishning muhim omili

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Qo‘shko‘pir tumani Paxtakor mahallasi hududida joylashgan chegara qo‘riqlash vzvodida bo‘lib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan uchrashdi hamda ularning hayoti, turmush sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bajarilishi yuzasidan tushuntirish va o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga internet va axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish masalalari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilarga kiberhimoya va firibgarlikning oldini olish mavzusida tayyorlangan qisqa videorolik namoyish etildi. Videorolik orqali fuqarolarning internetdagi turli tahdidlardan himoyalanishi, shubhali havolalarga kirmaslik, begona shaxslarga bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni bermaslik zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining mavzu yuzasidan bergan savollariga tegishli javoblar berilib, mavjud muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Bunday targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari aholining, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tahdidlaridan himoyalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1