35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 15-”Yuzrabot” saylov okrugi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP Nurmatov Botir Erkinovich 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

Uchrashuvda deputat 2-chorakda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi tomonidan o‘tkazilgan sessiyalar, ularda ko‘rilgan masalalar, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, hududlardagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan qarorlar qabul qilinganligi hamda ushbu jarayonlarda faol ishtirok etganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar muhokama qilinib, ularni belgilangan qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova, tuman hokimligi va “MADAD” NNT vakillari ham ishtirok etdilar.

Slide 1 of 3