35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kotib

Deputat so‘rovi yuborildi: “Zakovat” mahallasi
“Milliy bog‘” ko‘chasidagi bekatlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Gulchexra Axmedova fuqarolarning “Milliy bog‘” ko‘chasidagi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining ro‘parasidagi avtobuslar bekati yon atrofidagi daraxt shoxlarining to‘sib turishi oqibatida ko‘rinmayotganligi xaqidagi murojaatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yubordi.

So‘rovda, “Milliy bog‘” ko‘chasidagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida olib ketilgan bekatni joyiga o‘rnatib qo‘yish va barcha bekatlarni xozirgi zamon talablariga mos keladigan ko‘rinishdagilarga almashtirish, shuningdek, barcha bekatlarning ko‘rinishi uchun to‘sib turuvchi daraxtlar shoxlarini bartaraf etish lozimligi ko‘rsatilgan.

Slide 1 of 2