Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Tavsiyalarning 18-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Mehnat mahallasida o‘rganish olib borildi.
Jumladan, Binokorlar ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi M. Kenjayeva xonadonida bo‘lib, davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi.
🤝 Deputat fuqaro bilan suhbatlashib, uning huquq va manfaatlari, mavjud muammolari hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi.
🎯 Maqsad — nogironligi bo‘lgan fuqarolarga berilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish.