35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#uchrashuv #mahalla yettiligi #deputat axboroti

Bugun Olmaliq shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabining faollar zalida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 1-okrug deputati Faxriddin Matasimovning 2026-yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan saylovchilar bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari faol ishtirok etishdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan hudud rivoji va aholi farovonligiga oid muhim taklif hamda murojaatlar bildirildi. Xususan:
🚧 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;
🛣 Hududdagi yo‘llarni asfaltlash.

Ko'rilgan choralar:
Bildirilgan ushbu murojaatlar yuzasidan deputat F. Matasimov tomonidan allaqachon tegishli ishlar boshlangani, muammolarni qisqa fursatlarda va sifatli bartaraf etish maqsadida soha mas’ullari bilan hamkorlikda barcha choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6