35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📍 Aholi murojaatlari – deputat e'tiborida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 23-Ijtimoiyat saylov okrugi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov ishtirokida Po‘lat mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor uchrashuv o'tkazilib, aholi murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi deputatning bugungi kunga qadar olib borgan faoliyatiga ijobiy baho berib, avvalgi murojaatlarining aksariyati amaliy yechim topganini alohida ta'kidladilar. Bu esa deputat va aholi o‘rtasidagi samarali muloqot hamda o‘zaro ishonchning amaliy ifodasidir.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan:
🔹 Gulzor ko‘chasidan o‘tuvchi sug‘orish arig‘i bilan bog‘liq muammo, undan aholi va fermer xo‘jaligi birgalikda foydalanayotgani sababli yuzaga kelayotgan masalalar;
🔹 Yoshlar va Nurli ko‘chalarini shag‘allashtirish zarurati;
🔹 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, xususan, aholiga ko‘mir tarqatish tartibi hamda belgilangan ko‘mir narxlari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Uchrashuv davomida ko‘tarilgan barcha masalalar deputat tomonidan hududlardagi muammolarni qayd etish daftariga ro‘yxatga olinib, ularni amaldagi tartibda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma'lum qilindi.
Shuningdek, ko‘mir tarqatish tartibi va uning belgilangan narxlari yuzasidan fuqarolarga joyida batafsil tushuntirishlar berilib, ushbu masala bo‘yicha murojaatlar o‘z yechimini topdi.
🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5