35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 Payshanba – Yoshlar kuni: yoshlar yetakchilari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Payshanba – Yoshlar kuni doirasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Azizbek Ahmedov mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

Muhokama davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1