35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 14-G‘avhar saylov okrugi deputati Axmedov Shuxrat Murotovich faoliyat yuritayotgan Do‘mbirobod mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Serquyosh ko‘chasi 10–12-uylarning yerto‘la qismida ta’mirlash ishlari olib borilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Xususan, oqava suv quvurlari yangilandi, issiqlik bo‘g‘ini tizimi ta’mirlandi hamda elektr simlari tartibga keltirildi.

Mazkur ishlar aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy sa’y-harakatlardan biridir.

Slide 1 of 1