35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

"Payshanba - Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani "Birlashgan" mahallasidagi "Qo'shchinor" madaniyat markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Sardoba tumani hokimi deputati Ziyadulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev, tuman IIB boshlig‘i Bekzod Sanayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Oybek Ikromov ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 6