35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARK HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan «Astronomiya bog‘i»hududida obodonlashtirish va sanitariya holati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

👉Nazorat davomida hududning tozaligi, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, yashil hududlarning parvarishlanishi hamda tartib-intizom holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, park hududida tozalikni doimiy saqlash, begona o‘tlarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

👥Fuqarolar uchun qulay, ozoda va ekologik jihatdan sog‘lom muhitni ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3