35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahallasida tomorqalarni sugʻorish uchun moʻljallangan mavjud sugʻorish tizimining holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish davomida sugʻorish infratuzilmasining ayrim qismlari ta'mirtalab holatga kelib qolganligi, bu esa tomorqa yerlarini suv bilan ta'minlashda qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aniqlandi. Shu bilan birga, tizimning samarali ishlashi uchun ta'mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa yerlarini sugʻorishni uzluksiz ta'minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi kiritishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4