35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati E.Dushamov tomonidan Xalq deputatlari Shovot tumanini Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-18-143-12-177-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi" doirasida belgilangan vazifalar ijrosi oʻrganildi.

Oʻrganish davomida:
🔹 Taʼlim obyektidagi bunyodkorlik: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli Farmoni ijrosi doirasida Shovot tumani, Asavey MFY hududida joylashgan 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
🔹 Yangi imkoniyatlar: Mazkur 460 oʻrinli zamonaviy maktab oʻquvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega boʻlib, hudud yoshlarining sifatli taʼlim olishiga xizmat qiladi.

💩 Aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy soha obyektlarini zamonaviy koʻrinishga keltirishga qaratilgan ushbu ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4