35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla ravnaqi — hamjihatlikdan boshlanadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🤝 Deputat hududdagi ko‘chaboshilar va mahalla faollari bilan uchrashib, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholini umumiy ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish masalalarini muhokama qildi.

🌱 Shuningdek, ichki ko‘chalar, jamoat joylari va yashil hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, ularni sifatli va uyushqoqlik bilan davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

💬 Suhbatlar davomida har bir xonadonning ozodaligi va obodligi butun mahalla qiyofasini belgilashi, shu bois fuqarolarning tashabbuskorligi va faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🌿 Obod mahalla — har bir fuqaroning mas’uliyati, hamjihatligi va fidokorona mehnati bilan bunyod etiladi.

Slide 1 of 7