35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#24_ta_masala_ijrosi

#24_ta_masala_ijrosi

📍 Fayzobod mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari va tungi yoritish holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Zikryayev tomonidan Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "24 talik masala" doirasida ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda tungi yoritish tizimining mavjud ahvoli yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat davomida mahalladagi ichki ko‘chalarning ta’mirtalab qismlari, aholi harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgan yo‘l uchastkalari, shuningdek, tungi yoritish bilan qamrov darajasi atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan elektr simyog’ochlarda kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun xavfsiz va qulay infratuzilmani yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriq va takliflar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati ta’minlanishi belgilandi.

Slide 1 of 3