35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odamboyevna tumandagi 8-son Bolalar musiqa va san'at maktabida hamkor tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🎼 Uchrashuv davomida ta'lim muassasasida yoshlarning iste'dodini ro‘yobga chiqarish, ularni musiqa va san'atga keng jalb etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ta'lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
👥 Tadbirda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 2