35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov hamda kotibiyati mudiri H.Amanbayeva
tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida "Yangi O‘zbekiston" MFYda mahalla yettiligi bilan birgalikda ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, ularning atrofidagi obodonlashtirilish, tungi yoritish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishda ko‘p qavatli uylar atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mahallaning markaziy ko‘chasidagi tungi yoritishni yanada takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha elektr uzatish sim-kabellarini tortish zarurligi ta’kidlandi va yoritish tizimini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 1