Prezidentimiz tomonidan 16-iyul kuni eʼlon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlar “Al-Xorazmiy” va “Bek-topi” mahallalarida keng qamrovli obodonlashtirish hashari boʻlib oʻtdi.
Ushbu xayrli va bunyodkorlik tadbiri xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.
Deputat tomonidan ajratilgan amaliy yordam hamda maxsus texnikalar vositasida mahallalardagi koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofi chiqindilardan tozalandi, yashil hududlar va ariqlar tartibga keltirildi hamda bolalar maydonchalari taʼmirlandi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallalarda ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlab, hududlarga shukuh hamda bayramona obodlik bagʻishlamoqda.