TUMAN HOKIMINING BIRINCHI OʻRINBOSARI HISOBOT BERDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibidagi masalalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
16-dekabrdagi PQ-440-son, 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son, 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorlarining tumandagi ijrosi, shuningdek, tumanni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan tuman hokimining
moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari I.Turgʻunov hisobot berdi.
Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, investitsiyalarni
jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar turmush darajasini yuksaltirish borasida
amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ta’kidlab o‘tildi.