35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kengash faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova tuman "Xalq kutubxonasi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxonada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Slide 1 of 1