35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati tomonidan tuman hududida olib borilgan monitoring davomida Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish, sifatli parvarishlash, qurib qolishining oldini olish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Yashil hududlarni asrash va ko‘paytirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.