35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi mudiri B. Xamrayev hamda Sariosiyo mahallasi hokim yordamchisi O. Musurmonov tomonidan xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Sariosiyo mahallasidagi ijtimoiy reestrda turgan fuqarolarga ajratilgan “In vitro” usulida yetishtirilgan, tez hosilga kiruvchi va yuqori hosildor bodom ko‘chatlarining parvarishlash holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif yakunida ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda ushbu tajribani kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2