Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 7-Yangiobod saylov okrugi deputati Qosim Mardonov Esanovich hududida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Chorieyava xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.