35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengashdagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida tuman hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar hamda boshqa tadbirkorlik subyektlarining tashqi yozuvlari, peshlavhalari, axborot ko‘rsatkichlari va reklama vositalari ko‘zdan kechirildi.

Monitoring jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, ayrim xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va savdo obyektlarining nomlari davlat tili talablariga to‘liq rioya etilmagan holda kirill alifbosida yozilgani, ba’zi hollarda esa peshlavha va tashqi yozuvlar faqat xorijiy tillarda joylashtirilgani kuzatildi. Bu esa davlat tilining qo‘llanilishini ta’minlash hamda reklama sohasidagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etish zarurligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, ayrim tashqi reklama vositalarida reklama matnlarining davlat tilida berilmagani, yozuvlar dizayni va mazmuni qonunchilikda belgilangan talablarga mos emasligi, ma’lumotlarning iste’molchilar uchun tushunarli va aniq shaklda taqdim etilmagani kabi holatlar ham qayd etildi.

Deputatlik guruhi a’zolari tomonidan mazkur kamchiliklarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida qonunchilik talablarini keng targ‘ib qilish, reklama va peshlavhalarni davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish, tashqi axborot vositalarini yagona talablar asosida rasmiylashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3