35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#nazorat tahlil #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Abdujabbor Djurayev, Mardona Ergashova hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirokida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari asosida, maxsus savolnoma yordamida tashkil etildi. Unda quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:
🧹 Obodonlashtirish: Mahalla hududida olib borilayotgan ishlar holati;
💼 Bandlik: Aholi bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar;
💰 Imtiyozli kreditlar: Kreditlar ajratilishi va ularning maqsadli monitoring qilinishi (hujjatlar asosida).

Vaziyat tahlili: O‘rganish jarayonida mahalla raisi va hokim yordamchisining faoliyati ko‘zdan kechirildi. Biroq, "Mahalla yettiligi"ning boshqa a’zolari ish joyida bo‘lmaganligi sababli, ularning faoliyatini o‘rganish imkoni bo‘lmadi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mahalla mutasaddilariga tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3