Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Isfara guzari saylov okrugiga qarashli "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla raisi O.Jo‘rayev hamda xotin-qizlar faoli M.Umarovaning faoliyati, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mahallada 1 620 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan 620 nafari 30 yoshdan oshgan bo‘lib, bugungi kunda **65 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"**ga kiritilgan. Ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi