#ish_reja_ijrosi
Xalq dputatlari tuman Kengashi deputati U.Almanov, tuman Adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida tumandagi “Mo’g’ol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
📝 Sayyor qabulda ayollarning muammolari o'rganildi va murojaatlari eshitildi.
📜 Sayyor qabulda tegishli tashkilotlar jalb qilinib, ishtirok etgan 10 nafardan ortiq fuqarolardan 7 nafar fuqarolar muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 5 tasiga joyida tushuntirish berildi.
➡️ Shuningdek, tadbirda mahalla aholisi firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishni oldini olish maqsadida, bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.