35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish ishlari, tozalik holati va hudud infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan aholini qiynayotgan muammo va takliflar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3