35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🔹 Deputatlik nazorati:

🔹 Deputatlik nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O’.Hamrayev tomonidan 24 ta ustuvor masala doirasida Gulbuloq mahallasi hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki yo‘llarning texnik holati, harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, transport vositalari harakatidagi muammolar, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tirbandliklarni kamaytirish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2