📌O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan joylarda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov ham 5-“Qaliya”saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🔸O‘rganish davomida mahallalardagi ichki ko‘chalar, jamoat joylari, yo‘l bo‘ylari va yashil hududlarning holati yaqindan ko‘zdan kechirildi. Deputat aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bayram arafasida hududlar ozodaligini ta‘minlash muhimligini ta‘kidladi.
🔸Jarayonda hududlarni yana-da obod qilish, yashil maydonlarni parvarishlash borasidagi ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish yuzasidan mas‘ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👉Bizga obuna bo‘ling: https://t.me/JizzaxshaharKengashi