35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

«MIRZO ULUG‘BEK»MAHALLASIDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI BARPO ETILISHI REJALASHTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmеtova tashabbusi bilan hamda Yunusobod tumani Kengashi raisi Ravshan Yusupov taklifiga ko‘ra, Yunusobod tumanining «Mirzo Ulug‘bek»mahallasida bolalar maydonchasi va mini futbol maydonini barpo etish masalasi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎O‘rganishda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, maydon qurilishi rejalashtirilayotgan hudud ko‘zdan kechirildi. Loyiha uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni, qurilishning texnik imkoniyatlari hamda amalga oshiriladigan ishlarning bosqichlari muhokama qilindi.

🤝Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha mahalla aholisining, ayniqsa bolalar va yoshlarning taklif hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi bolalar va sport maydonchalari hududda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✍️O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlarga loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda qurilish ishlarini boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4