35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilnoza Musayeva 2026-yilning yarim yillik faoliyati bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Tadbirda Yunusobod tuman hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i E.Ergashev, mahalla raislari, ko‘chaboshilar, uyboshilar hamda Yunusobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 12-Akbarobod saylov okrugi deputati Musayeva Dilnoza Mirzaxidovna tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📌6 oylik faoliyat ko‘rsatkichlari
🏛Doimiy komissiya majlislarida ishtiroki – 5 ta
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlislarida faol ishtirok etib, muhim masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.
✍️Sessiyalarda ishtiroki – 9 ta
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining barcha sessiyalarida faol qatnashib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish va saylovchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan masalalar muhokamasida ishtirok etdi.
📝Deputatlik so‘rovlari – 1 ta
Saylovchilar murojaati asosida Yunusobod tumani hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Jumladan, 54-OP chorrahasiga zamonaviy svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarilib, uning ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek "Akborobod" mahallasida "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar bilan saylovchilarni tanishtirib o'tdi.
🤝Saylovchilar bilan uchrashuv va qabullar
Fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar va shaxsiy qabullar tashkil etilib, ularning murojaatlari o‘rganildi hamda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.
🏠Saylov okrugidagi amaliy ishlar
Hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirildi.
📱OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish
Deputatlik faoliyati, uchrashuvlar, tashabbuslar va amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borildi.
"Xalq ishonchi — yuksak mas'uliyat, xalq manfaatiga xizmat qilish esa eng oliy burchdir."

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3